So’nggi yangiliklar

02:45Александр Усик - мутлақ жаҳон чемпиони! 0 23:21Универсиада-2025. Делегациямиз ҳисобида навбатдаги медаль! 0 22:28Рейн-Рур-2025: Тахмина Икромова Ўзбекистонга иккинчи олтин медални тақдим этди 0 20:17Қойил! Тахмина Икромова мусобақадаги учинчи медалини қўлга киритди 0 19:53Тахминанинг олтин медали эвазига нечанчи ўринга кўтарилдик? (Жадвал) 0 19:32"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи 0 19:11Тахмина Икромова Универсиада олтин медалини қўлга киритди 0 18:50Мэнни Пакьяо - Марио Барриос жанги учун машҳур боксчиларнинг тахминлари 0 18:29Қуролли ҳужумга учраган PFL чемпиони воқейликка илк бор изоҳ берди 0 18:08"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди 0 17:47Фрэнсис Нганну залга қайтди: "Ҳаммасига тайёрман!" 0 17:26Спортда етакчи ёшлар сафи кенгаймоқда 0 17:05Шон Стрикленд турнирдаги жанжал учун дисквалификация қилинди 0 16:44Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим" 0 16:23Лайло Фернандес обуначиларига у билан учрашишни таклиф қилди 0

01 jan 16:44
Yangiliklar

SHaxmat

Jahon chempionati qahramonlari bugun yurtimizga qaytadi

Polsha poytaxti Varshava shahrida shaxmatning rapid va blic yo'nalishlari bo'yicha jahon chempionati o'z yakuniga etdi.

Eslatib o'tamiz, musobaqaning rapid yo'nalishi bo'yicha hamyurtimiz 17 yoshli Nodirbek Abdusattorov sayyoramizning eng kuchli shaxmatchisi ekanligini isbotladi.

Rapid yo'nalishidan so'ng, 180 nafar shaxmatchilar ikki kun davomida blic yo'nalishida o'zaro musobaqalashdi. O'tkazilgan bahslar yakuniga ko'ra, Javohir Sindarov hamyurtlarimiz ichida eng yaxshi natijani qayd etdi.

SHaxmatchimiz 21 imkoniyatdan 13,5 ochko jamg'argan holda 8-o'rinni egalladi. SHuningdek, SHamsiddin Voxidov 12,5 ochko bilan 40, Nodirbek Abdusattorov esa 12 ochko bilan 43-o'rinni band etdi. Jahongir Voxidov esa 11 ochko bilan 80-o'rindan joy oldi.

1 yanvardan 2 yanvarga o'tar kechasi jahon chempinligini qo'lga kiritgan Nodirbek Abdusattorov va boshqa shaxmatchilarimiz joy olgan samolyot Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo'nadi.

Hamyurtlarimiz bir qator sportimiz mutasaddilari, keng jamoatchilik va mamlakatimizdagi ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan kutib olinadi.

Eslatib o'tamiz, shaxmat bo'yicha jahon chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritgan va mazkur sport turining rapid yo'nalishida jahonning eng yosh chempioni sifatida etirof etilgan Nodirbek Abdusattorov O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan “Mard o'g'lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi hamda Prezidentimiz ko'rsatmasi bilan unga Toshkent shahrida 2 xonali xonadon sovg'a qilinadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing