Engil vazn toifasida UFC chempionligiga ikki karra davogar, amerikalik Jastin Getji jangchilik faoliyatini qachon yakunlashini aytdi.
"Men 37 yoshimga qadar jang qilishni xohlamasligimni aytgan bo'lardim. Hozir 34 yoshdaman. Demak, ikki-uch yil — bu jiddiy vaqt. Umuman olganda, bu unchalik ko'p vaqt emas.
Men 12-15 yildan buyon jang qilyapman. Qanday bo'lmasin, bu mening sportdagi faoliyatimning yakuniy bosqichidir. Men abadiy jang qilmoqchi emasman", - dedi Getji.
Eslatib o'tamiz, Getji so'nggi jangini mart oyida Rafael Fizievga qarshi o'tkazib, g'alaba qozongan edi.