"Men Konor bilan jang qilishni xohlayman, u bilan Irlandiyada boks qoidalari bo'yicha jang qilaman. Bu mening boks olamiga sayohatimning bir qismi. Men Makgregor bilan jang qilib, uni mag'lub etishga qaror qilganman. Bu meni bokschilik faoliyatimni boshlashga undagan", — Jek Polning so'zlarini keltiradi BJ Penn.
2021 yil dekabr oyida Pol sobiq UFC chempioni, amerikalik Tayron Vudli bilan revansh jangi o'tkazdi. Jang oltinchi raundda Polning nokauti bilan yakunlandi. Avvalroq, Jek o'z kuchini MMAda sinab ko'rmoqchi ekanligini bildirgan edi. SHuningdek, Pol uzoq vaqtdan buyon UFC prezidenti Dana Uayt bilan "so'z jangi" qilib kelmoqda.