Kechaning markaziy jangida Jervonta Devis va Rayan Garsiya o'zaro to'qnash keladi.
Bokschilar bugun jang oldidan vazn o'lchash marosimida ishtirok etishdi.
Unga ko'ra, 28 yoshli Devis 61,28 kg, 24 yoshli Rayan Garsiya esa 61,46 kg tosh bosdi. Qayd etish lozimki, Garsiya jang kuni yana bir marta vazn o'lchashdan o'tishi lozim. Ikkinchi vazn o'lchashda uning vazni 66,22 kg.dan oshib ketmasligi kerak.
Eslatib o'tamiz, ushbu jang oqshomida hamyurtimiz Bektemir Meliqo'ziev amerikalik Gabriel Rosado bilan revansh jangda ishtirok etadi. Bektemir va uning raqibi jang oldidan bir xil - 75,89 kg vazn ko'rsatganligi haqida avvalroq xabar berib o'tgandik.