Bosh sahifa
29 iyu 18:59 Boks/MMA

Jon Jons Emelyanenko bilan "Qizil maydon"da jang qilish haqidagi savolga javob berdi

UFC sobiq chempioni Jon Jons rossiyalik Fyodor Emelyanenko bilan Moskvadagi "Qizil maydon"da jang qilish haqidagi savolga javob qaytardi.

— Sen Oq uydagi UFC turnirida ishtirok etmoqchimisan, to'g'rimi?

— Ha buni istardim, hozir shu yo'nalishda ish olib boryapman.


— Agar bu turnir amalga oshmasa, menda boshqa variant bor — Qizil maydonda jang. Unda ishtirok etmoqchimisan?

— Men UFC bilan uzoq muddatli shartnoma tuzganman. SHuning uchun, bu imkoniyatdan foydalana olmayman.


— Agar biz Dana Uayt bilan kelishib, seni Moskvaga olib borsak, turnirga o'xshash tadbir tashkil qilsakchi? Raqibing Fyodor bo'ladi.

— Hech kim men bilan Fyodor o'rtasidagi jangni ko'rishni xohlamaydi. U bilan jang qilgim yo'q. Men Fyodorni juda yaxshi ko'raman. U uzoq yillar davomida mening kumirlarimdan biri bo'lgan. U — haqiqiy afsona va juda yaxshi inson”, — dedi Jons IBA.PRO bosh direktori Al Siesta bilan suhbatda.

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar