Adesanya bilan iliq munosabatda bo'lmasa ham Jons unga jangchi sifatida hurmat ko'rsatdi.
"Men buni tan olishni yomon ko'raman, lekin shuni aytishim kerakki, hozirda sevimli UFC jangchim bu - Israel Adesanya! Israel bilan do'st emasmiz, lekin hozirda u UFCʼda eng qiziqarli yigit. Uning Aleks Pereyra bilan bo'lgan butun tarixi UFCʼda uzoq vaqt davomida men ko'rgan eng hayajonli voqea", - dedi Jons.