"Hozirda Kamaru Usman nafaqat yarimo'rta vaznning, balki vaznidan qati nazar eng kuchli jangchilaridan biri. Usman juda kuchli, uning natijalari ham buni ko'rsatib turibdi. Menga uning janglarini ko'rish yoqadi.
Biroq Usmanni barcha davrning eng kuchli jangchisi deb aytishga hali erta, faoliyatini so'nggiga qadar uning natijalarini ko'rish kerak. SHundan so'ng bir fikr bildirsa bo'ladi. Balki u navbatdagi g'alabasidan so'ng faoliyatini yakunlar, balki faoliyatini yakunlagunga qadar bir necha bor mag'lub bo'lar. SHuning uchun kutish kerak",-dedi ikki vaznning sobiq chempioni.
Eslatib o'tamiz, Kamaru Usman navbatdagi jangini 20 avgust kuni Leon Edvadrsga qarshi o'tkazadi.