So’nggi yangiliklar

15:20"Реал" мухлислари учун хушхабар 0 14:59Турки Ал аш-Шейх Канело-Кроуфорд оқшомида 20 та жанг ўтказмоқчи 0 14:38Шахматчиларимиз “Dole Open–2025” халқаро турнирида иштирок этишади 0 14:17Дзюдочиларимиз Озарбайжон йиғинини якунлашди, энди навбат ёзги Универсиадага! 0 13:56Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ? 0 13:35Бугун супероғир вазн тоифасида мутлақ чемпионлик жанги ўтказилади: Усик – Дюбуа 2 (жанг вақти + трансляция) 0 13:14Рублёв камбэк эвазига 1/2 финалга йўл олди 0 12:53"8-раундда тизза билан ўтириб қолади" - Фьюри Усик - Дюбуа жангига тахмин билдирди 0 12:32"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда 0 12:11Ислам Махачев нима учун Дастин Порьени ютишини истаётганини айтди 0 11:50Александр Усик - Даниэль Дюбуа бокс оқшомининг тўлиқ карди билан танишинг 0 11:29Мэнни Пакьяо, Марио Барриос, Тим Цзю, Себастьян Фундора ва бошқалар тарозига чиқишди 0 11:08"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи 0 10:47Италия Хопман Кубоги финалига чиқди 0 10:26UFC 318 турнири жангчилари тарозига чиқишди 0

27 dek 08:11
Yangiliklar

Boshqalar

Jurnalistlar badmintonda mahoratlarini sinab ko'rishdi FOTOREPORTAJ

Teglar :  Badminton
O'zbekiston badminton federaciyasi majmuasida mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlari o'rtasida badminton musobaqasi bo'lib o'tdi.

Turizm va sport vazirligi tomonidan tashkil etilgan musobaqa jurnalistlar va sohada xizmat qilayotgan xodimlarni sog'lom turmush tarziga jalb etish, ularni jismoniy faollikka chaqirishga qaratilganligi bilan ahamiyatli bo'ldi.

Murosasiz bellashuvlarga Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov hamda O'zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O'sarov o'rtasidagi ramziy o'yin bilan start berildi.

– Jurnalistlar o'rtasidagi bu galgi bahslarning oldingilardan farqli jihati, unda ishtirokchilar yosh toifasi bo'yicha bellashishdi. Yani 40 yoshgacha bo'lgan va undan katta yoshlilar. Bu esa musobaqaning har jihatdan adolatli va shaffof o'tishini taminladi, – deydi Turizm va sport vazirligi bo'lim boshlig'i Zarina Abdullaeva.

Televidenie, radio, gazeta, axborot agentligi, internet jurnalistikasi, turli korxona-tashkilotlarning matbuot xizmati vakillarining 70 nafarga yaqini “Yangi yilga sport bilan!” shiori ostida tashkil etilgan musobaqada o'z omadini sinab ko'rishdi.

Qiziqarli va do'stona o'tgan bahslarda M.Ermatova, H.Mannapova, S.Niyozov va B.Maqsudov yakkalik bahslarda g'olib chiqqan bo'lsa, A.Murodjonov/M.Ermatova juftlik musobaqalarida bosh sovringa ega chiqishdi.

Etiborlisi, g'oliblik shohsupasiga ko'tarilgan jurnalist va soha xodimlari musobaqani sovrin – vilosapidda tark etadigan bo'lishdi.

Bundan tashqari g'olib va sovrindorlar medal, diplom hamda sport anjomlari bilan taqdirlanishdi. SHuningdek, yakkalik bahslarida g'oliblikni qo'lga kiritgan ishtirokchilarga Yangi yil sovg'asi – “Tibet” dam olish maskaniga oilaviy dam olish uchun vaucherlar taqdim etildi.

Muhimi, soha xodimlarining bir kuni salomatlik mashg'ulotlariga bag'ishlandi, sog'liklari mustahkamlandi.

Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing