Bosh sahifa
28 mar 15:57 Boks/MMA

Kambosos va Xeyni mutlaq chempionlik jangi o'tkazish uchun kelishib olishdi

Jorj Kambosos va Devin Xeyni o'rtasidagi to'qnashuv bo'ladi.

Engil vazn toifasida WBA, WBO, IBF kamarlari sohibi Jorj Kambosos (20-0, 10 KO) va WBC chempioni Devin Xeyni (27-0, 15 KO) 5 iyun kuni jang o'tkazishga rozi bo'ldi. Bu haqda ESPN manbalari xabar bermoqda. Uchrashuv Melburndagi (Avstraliya) "Marvel" stadionida bo'lib o'tadi. Jang AQSHda ESPN telekanali orqali translyaciya qilinadi.

Eslatib o'tamiz, Devin DAZN'da so'nggi oltita jangda ishtirok etgan, biroq uning promouter Eddi Xirn bilan shartnomasi yakuniga etgan.

Manbalarga ko'ra, 23 yoshli Xeyni "Top Rank" va Lu Dibella bilan ko'p jangli hamkorlik shartnomasini imzolagan. Endi uning janglari kutilganidek ESPN uchun eksklyuziv bo'ladi. Nashrning yozishicha, agar Xeyni g'alaba qozonsa, kelishuv revansh o'tkazish bandini o'z ichiga oladi. Kambosos yutqazib, huquqidan foydalansa, revansh janggi ham Avstraliyada bo'lib o'tadi. Amerikalik mag'lub bo'lsa ham, uning keyingi jangini Top Rank va Dibella birgalikda tashillashtiradi.

Manba : vringe.com
Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

+-1
28/03 23:05
baksyor
Loma qaytguncha kamarlarni birlashtirib turinglar bu vaznda loma qirol

O’xshash yangiliklar