"Gena ikkinchi raqam ostida ishlay olmaydimi? Murata va Alvares bilan ikkinchi jangni tomosha qiling. Golovkin bu janglarda toza ikkinchi raqam ostida harakat qilgan. Leme bilan jangga etibor bering. Bazi joylarda u ikkinchi raqam sifatida ishlagan. Yani, u dushmanni o'zi tomon chorlagan. Qanaqasiga sovrindor bo'lgan havaskor ikkinchi raqam ostida ishlay olmaydi? Bemanilik!
Gena hamon ikkinchi raqam sifatida ishlashi mumkin. Muammo shundaki, u buni qilishni xohlamaydi. U oldinga boradi, u allaqachon shunga o'rgangan. Agar xohlasa, u yuz foiz ikkinchi raqam ostida ishlashi mumkin" — dedi mutaxassis.