Bosh sahifa
28 mar 08:47 Tennis

Karen Xachanov Mayami "Masters" 1/8 finalida

AQSHning Mayami shahrida tennis bo'yicha "Masters" seriyasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.

Dunyoning 16-raketkasi, rossiyalik Karen Xachanov uchinchi davrada ATP reytingining 44-pog'onasidan borayotgan chexiyalik Irji Lexechkani ortiqcha qiyinchiliksiz taslim etdi - 6/2, 6/4.

Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Sakson besh daqiqa davom etgan bahsda Xachanov 8, Lexechka 6 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Endi Karen Mayami "Masters" 1-8 finalida greciyalik Stefanos Cicipasga qarshi kortga chiqadi. 

Manba : gotennis
Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar