So’nggi yangiliklar

02:45Александр Усик - мутлақ жаҳон чемпиони! 0 23:21Универсиада-2025. Делегациямиз ҳисобида навбатдаги медаль! 0 22:28Рейн-Рур-2025: Тахмина Икромова Ўзбекистонга иккинчи олтин медални тақдим этди 0 20:17Қойил! Тахмина Икромова мусобақадаги учинчи медалини қўлга киритди 0 19:53Тахминанинг олтин медали эвазига нечанчи ўринга кўтарилдик? (Жадвал) 0 19:32"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи 0 19:11Тахмина Икромова Универсиада олтин медалини қўлга киритди 0 18:50Мэнни Пакьяо - Марио Барриос жанги учун машҳур боксчиларнинг тахминлари 0 18:29Қуролли ҳужумга учраган PFL чемпиони воқейликка илк бор изоҳ берди 0 18:08"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди 0 17:47Фрэнсис Нганну залга қайтди: "Ҳаммасига тайёрман!" 0 17:26Спортда етакчи ёшлар сафи кенгаймоқда 0 17:05Шон Стрикленд турнирдаги жанжал учун дисквалификация қилинди 0 16:44Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим" 0 16:23Лайло Фернандес обуначиларига у билан учрашишни таклиф қилди 0

31 dek 12:38
Yangiliklar

Kurash

Kelesda kurash bo'yicha viloyat prokurori kubogi uchun musobaqa o'tkazildi + FOTO

Kecha Toshkent viloyatining Keles shaharchasidagi "Universal" sport majmuasida 2008-2009 yillarda tug'ilgan bolalar va qizlar o'rtasida kurash buyicha Toshkent viloyati prokurori kubogi uchun bellashuvlar bo'lib o'tdi.

Unda poytaxt viloyatining barcha shahar va tumanlaridan 400 nafarga yakin yosh kurashchilar g'oliblik uchun gilamga chiqishdi. Polvonlar jami 9 ta vazn toifasida bellashdilar.

Qizlar -30, -36, -44 kilogramm vaznda raqobat olib borishdi. O'g'il bolalar esa -30, -33, -36, -40, -44 va -48 kilogramm vaznda o'zaro kuch sinashdilar. Qizg'in va murosasiz bahslar ostida o'tgan musobaqada viloyat prokurori kubogi Angren shahar jamoasiga nasib edi.

Jamoaning iqtidorli kurashchilari Sanjar Qambaraliev, Asal Turg'unboeva, Kamol Qurbonov, Ahror Esonboev, Sohib Mamasolievlar o'z vazn toifalarida tengsiz ekanliklarini amalda isbotlab, viloyat prokurori Kubogini qo'lga kiritishda munosib hissa qo'shishdi. 

CHirchiq shahar kurashchilari ikkinchi, Zangiota tumani jamoasi esa uchunchi o'rinni band etdi. G'olib va sovrindor bo'lgan yosh polvonlar tashkilotchilar tomonidan munosib takdirlanishdi.

SHu tariqa, kurash bo'yicha Toshkent viloyati prokurori kubogi bellashuvlari Viloyat kurash federaciyasining 2021 yil taqvim rejasidagi barcha musobaqalarni yakunlab berdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing