Bosh sahifa
30 apr 10:52 Boks/MMA

Kelvin Kattarning UFCdagi keyingi raqibi malum

Amerikalik UFC jangchisi Kelvin Kattar navbatdagi jangida hamyurti Josh Emmet bilan to'qnash keladi.

Kattar - Emmet jangi 19 iyun kuni AQSHning Texas shtati Ostin shahrida tashkil etiladigan UFC Fight Night musobaqasi doirasida o'tkaziladi. Aynan shu jang oqshomning markaziy to'qnashuviga aylanadi. 

Malumot uchun, 34 yoshli Kattar besh raund davom etgan so'nggi jangida Giga CHikadzeni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan edi. 37 yoshli Emmett esa to'rtta g'alabali seriya qayd etmoqda. Oxirgi jangida Den Igeni taslim etgan.

Ayni paytda Kelvin Kattar UFC yarimengil vazn toifasi reytingida to'rtinchi, Josh Emmett esa ettinchi pog'onani band etgan. 

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar