Bosh sahifa
24 avg 14:21 Basketbol

Kevin Dyurant faoliyatini "Nets"da davom ettiradi

"Bruklin Nets" klubi afsonasi Kevin Dyurant jamoada qoladi, deb xabar bermoqda klub vakillari.

“Kecha biz Stiv Nesh bilan Los-Anjelesda Kevin Dyurant va Rich Kleyman bilan uchrashdik. Hamkorligimizni davom ettirishga kelishib oldik. Biz faqat basketbolga etibor qaratganmiz. Oldimizda yagona maqsad bor - "Bruklin" uchun chempionlikni qo'lga kiritadigan jamoa qurish", - dedi klub bosh direktori SHon Marks bayonotida.

Insayderlarning xabar berishicha, uchrashuvda "Nets" egalari Jozef Cay va Klara Vu Cay ham ishtirok etgan. Dyurant avvalroq "Nets"ga ultimatum qo'yib, uni boshqa klubga almashtirishni yoki bosh direktor SHon Marks va bosh murabbiy Stiv Neshni ketishini talab qilgandi.

Malum bo'lishicha, uchalasi ham "Nets"da qoladi. "Bruklin" endi basketbolchini almashtirish bo'yicha muzokaralar olib bormayapti.

Eslatib o'tamiz, Dyurantning "Nets" bilan shartnomasi yana to'rt mavsumga mo'ljallangan.

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar