Bosh sahifa
07 fev 11:35 Futbol

Klublar o'rtasidagi JCH. Bugun dastlabki finalchi aniqlanadi

Bugun, 7 fevral kuni Marokashda boshlangan klublar o'rtasidagi 19-jahon chempionatining yarim finalidan o'rin olgan dastlabki uchrashuv bo'lib o'tadi.

Unda Libertadores kubogi-2022 g'olibi – “Flamengo” hamda Osiyo chempionlar ligasi-2021 sohibi “Al Hilol” o'zaro to'qnash keladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi.

Mazkur juftlik g'olibiga finalda “Al Ahli” – “Real” bahsi g'olibi raqiblik qiladi. Misr va Ispaniya jamoalari o'rtasidagi uchrashuv esa ertaga, 8 fevral (23:59) kuni bo'lib o'tadi. 

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  +1 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar