Bosh sahifa
26 may 19:19 Boks/MMA

Konor Saul Alvaresga javob qaytardi, ammo keyinroq uni o'chirib tashladi

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga yangi post joyladi.

U erda mashhur meksikalik bokschi, o'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Saul Alvaresning yaqinda aytgan so'zlariga javob qaytargan. Meksikalik avvalroq Makgregorni bir qo'li bilan mag'lub etishini aytgandi.

“Kanelo, kichkina qizil kolbasa. Men seni umuman qo'lsiz urgan bo'lardim. SHuni yodda tut”, — deb yozgan Makgregor, biroq keyinroq bu xabarni o'z odatiga ko'ra o'chirib tashlagan.

Eslatib o'tamiz, Makgregor The Ultimate Fighter (TUF) realiti-shousining 31-mavsumida murabbiy sifatida ishlaydi.

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar