Bu haqda italiyalik menejer Ali Abdel-Aziz malum qildi.
"UFC bo'lajak chempioni Marvin Vettori Robert Uittakerga qarshi jang qiladi. Uni reytingdan chiqarib tashlaydi. Marvin Vettoridan ko'ra g'ayratli va tirishqoq odamni hech qachon uchratmaganman. Ruhiy jihatdan uni mag'lub etib bo'lmaydi. U Dog'istonda mashq qilmoqchi" - dedi Abdel-Aziz.
Eslatib o'tamiz, o'rta vazn toifasida Robert Uittaker va Marvin Vettori o'rtasidagi jang 11 iyun kuni Singapurdagi UFC 275 turnirida bo'lib o'tadi.