Bosh sahifa
08 may 16:41 Boks/MMA

⚡️Lazizbek Mullojonov chorak finalda kubalik La Kruz bilan to'qnash keladi

Lazizbek Mullojonov keyingi jangini kimga qarshi o'tkazishi malum bo'ldi.

-92 kg vaznda o'zbekistonlik bokschi Lazizbek Mullojonov biroz avval nimchorak final bosqichida gruziyalik Giorgi Tchigladzega qarshi jang qilib, g'alaba qozongan edi. CHorak finalga yo'l olgan bokschimizga endilikda kubalik Xulio Sezar La Kruz raqiblik qiladi. La Kruz bu vaznning birinchi raqamli bokschisi bo'lsa, Mullojonov sakkizinchi raqamli bokschi sifatida tasniflangan.

Malumot uchun, Xulio Sezar La Kruz ikki karra olimpiada, besh karra jahon chempioni hisoblanadi.

Bokschilar o'rtasidagi to'qnashuv 10 may kuni o'tkaziladi.

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar