Bosh sahifa
27 mar 16:37 Basketbol

LeBron Jeyms "Eng yomon aktyorlik roli" uchun "Oltin malina" mukofotini qo'lga kiritdi

AQSHda "Oltin malina" antimukofotining 2021 yilgi g'oliblari aniqlandi.

"Leykers" jamoasi forvardi LeBron Jeyms "Eng yomon aktyorlik roli" uchun mukofotni qo'lga kiritdi.

NBA'ning super yulduzi ishtirokidagi "Kosmik Jam: Yangi avlod" filmi bir vaqtning o'zida to'rtta nominaciya bo'yicha jahon kinosining asosiy anti-mukofotiga davogarlik qildi.

Natijada, ushbu film va LeBron ikkita "Oltin malina" mukofotiga ega bo'lishdi. Bu sovrindan tashqari, u "Eng yomon ekran juftligi" mukofotini ham qo'lga kiritdi.

"Eng yomon film" nominaciyasida kubok britan malikasining dramatik taqdiri haqida hikoya qiluvchi "Diana: Myuzikl" filmiga nasib etdi.

"Oltin malina" yoki "Razzi" mukofoti 1981 yilda tasis etilgan antimukofot bo'lib, yilning eng yomon aktyorlik ishi, scenariysi, rejissyori, kino qo'shig'i va filmini aniqlaydi.

Manba : sports.ru
Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar