Bosh sahifa
23 apr 14:32 Boks/MMA

Lennoks Lyuis bugungi Fyuri - Uayt jangi haqida fikr bildirdi

Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Lennoks Lyuis Tayson Fyuri va Dillian Uayt o'rtasidagi jang haqida fikrlarini bildirdi.

"O'ylaymanki, ular birinchi raundda bir-birlarini o'rganishadi. Taysonni tutib olish qiyin bo'ladi, u boshini qimirlatishda davom etadi. 

Uayt uni nokaut qilishga urinadi. Lekin, bu oson emas. CHunki raqib 210 santimetrga ega yigit. Bunday bo'yli sparring-raqib topish qiyin. Menda ham shunday muammo bo'lgandi. 

Dillian nima qilishi kerakligini bilib olishi uchun 2-3 raund kerak bo'ladi. Jang masofada o'tsa kerak deb o'ylayapman",  - dedi Lyuis. 

Jang bugun Londonda o'tkaziladi. 

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

+0
23/04 19:56
Adhamjon 40 C123 MA
Qachan, nechchida, qaysi kanaldan kōrse bōladi?

O’xshash yangiliklar