"Menga Xeyni yoqadi, ayniqsa uning Jorj Kambososga qarshi ikkinchi jangi yoqdi. U katta janglarga tajriba to'plagani ko'rindi. Uning uslubini hurmat qilaman. Menga yoqadi. Aqlli va kuchli jangchi. Meni juda qiyin jang kutib turganini tushunib turibman. Tajribam qo'l kelishini bilaman. Ikkimiz ham yuqori darajadagi jangchilarmiz.
Bizning qarama-qarshiligimiz boks uchun qiziq va muhim. U hamyurti Meyvezerga o'xshaydimi? Bilmayman, uni Floyd bilan taqqoslash to'g'ri bo'larmikin. Menimcha mumkin emas. Ammo kimdir balki boshqacha hisoblashi mumkin", - dedi Lomachenko.