Bosh sahifa
14 okt 12:57 Boks/MMA

Lomachenko navbatdagi raqibi haqida gapirdi

Uch vazn toifasida sobiq jahon chempioni Vasiliy Lomachenko navbatdagi raqibi Jameyn Ortis haqida gapirdi.

Lomachenko va Ortis o'rtasidagi jang 29 oktyabr kuni Nyu-Yorkdagi "Madison Square Garden" arenasida bo'lib o'tadi.

"Bu yigit bilan avval ham sparring o'tkazganman. U ajoyib sport formada, juda tezkor va masofani his qiladi.

Ertaga nima bo'lishini bilmaymiz. SHuning uchun hech qachon bu haqida o'ylamayman.

SHunchaki ishimni bajarib, har doimgidek yaxshi boks namoyish etishga harakat qilaman", - dedi Lomachenko  ESNEWSʼga bergan intervyusida.

Manba : isport.ru
Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar