Bosh sahifa
07 sen 15:35 Tennis

Lukashenko Sobolenkoni US Open chempionligi bilan tabrikladi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Arina Sobolenkoni US Open turniridagi ikkinchi chempionligi bilan muborakbod etdi.

"Azizim Arina! US Open’dagi navbatdagi yorqin g'alabangiz bilan tabriklayman. Haqiqiy chempionlik xarakteri tufayli yana bir baland cho'qqi zabt etildi. Ishonchim komilki, barcha qitalarda va har qanday mamlakatda hamisha yurtdoshlaringizning qizg'in qo'llab-quvvatlashini his qilasiz. Sen bilan faxrlanamiz va yangi yutuqlar kutib qolamiz", - dedi Lukashenko o'z murojaatida.

Manba : gotennis
Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar