Bosh sahifa
20 avg 15:08 Sport kurashlari, Parij-2024

Magomed Ibragimov: "Ikkimizning ham taqdirimiz deyarli bir xil..."

Rio-2016 Olimpiadasining bronza medali sohibi, erkin kurash bo'yicha 97 kg vazn toifasida O'zbekiston terma jamoasida faoliyat yuritgan Magomed Ibragimov yunon-rum kurashchimiz Rustam Assakalovning faoliyatini yakunlaganiga munosabat bildirdi.

Assakalov Parij-2024 Olimpiadasida bronza medali uchun kechgan bellashuvda jarohat sabab imkoniyatni boy berib, 40 yoshida faoliyatini yakunlagan edi.

Ibragimov buni quyidagicha izohladi:

"Rustam bilan taqdirimiz deyarli bir xil, ikkalamiz ham yo'qdan nimadir bor qildik", deb yozdi Magomed Ibragimov.

Malumot uchun, Rustam Assakalov O'zbekiston terma jamosi safida jahon chempionatining ikki karra sovrindori (Las-Vegas-2015 kumush, Nur-Sulton-2019 bronza) bo'lgan. Osiyo o'yinlarida uch marotaba g'olib va sovrindorga aylangan. SHuningdek, uch karra Osiyo chempioni va to'rt karra sovrindoriga aylanishga ulgurgan. Boku-2017 va Konya-2021 Islom birdamlik o'yinlarida bronza va oltin medallarini qo'lga kiritgan edi. 

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  +1 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar