Bosh sahifa
02 mar 23:07 Boks/MMA

Mahmud Muradov: "Raqibim va UFC rahbariyatidan uzr so'rayman"

Mahmud Muradov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga yangi post joyladi.

12 mart tongida Las-Vegas shahrida (AQSH) navbatdagi UFC Fight Night musobaqasi o'tkaziladi.

Ushbu musobaqa doirasida o'rta vaznda o'zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Muradov (25-8) asli dog'istonlik, hozirda Germaniya nomidan jang qilayotgan Abusupyan Magomedovga qarshi oktagonga ko'tarilishi lozim edi. Biroq, Muradovning jarohat olishi natijasida jang bekor qilingan edi.

Hamyurtimiz mazkur holatga ilk bor munosabat bildirdi:

"Assalomu alaykum. Barchaga malumki, 11 martga belgilangan navbatdagi jangim o'ng qo'limning sparringda jarohat olgani tufayli bekor qilindi.

Nima bo'lishidan qatiy nazar, muxlislarimga qo'llab-quvvatlaganlari va iliq tilaklari uchun o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Alhamdulillah bugun shifokorlar bilan birinchi muolajalarni amalga oshirdik.

Operaciyasiz o'tamiz degan umiddaman. Qo'llab-quvvatlaganingiz uchun katta rahmat. Ramazondan keyin Xudo xoxlasa, albatta, oktagonga qaytamiz.

Raqibim va UFC rahbariyatidan uzr so'rayman", - deya yozib qoldirgan Mahmud Muradov Instagram tarmog'idagi rasmiy sahifasida.

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar