O'zbekistonlik taniqli muay tay ustasi Mavlud Tifiev ONE FC'da debyut qilishi haqida xabar bergan edik. Tailandda bo'lib o'tgan oqshomda hamyurtimiz mezbonlar vakili Muangtay PK Saenchayga qarshi may-tay qoidalari bo'yicha jangga chiqdi. Bahs to'liq 3 raund davom etdi va unda afsuski tailandlik Maungtay PK Saenchay hakamlarning yakdil qarori bilan g'olib bo'ldi.