"CHempionlar Ligasi finali ajoyib bo'ladi, tomosha qilaman. O'ylaymanki, "Manchester Siti" g'alaba qozonadi", – dedi Kilian Mbappe.
Eslatib o'tamiz, Istanbulda kechadigan 10 iyun kungi CHempionlar Ligasi finalida "Manchester Siti" va "Inter" o'zaro kurash olib boradi.
Kilian Mbappe faoliyati davomida bir marta (2020 yil) CHempionlar Ligasi finalida maydonga tushgan. O'shanda PSJ "Bavariya"ga 0:1 hisobida yutqazgan edi.