Bosh sahifa
04 mar 19:03 Boks/MMA

Menni Pakyao bilan jang qilishga yana bir nomzod topildi

Amerikalik bokschi Mayki Garsiya shu yilning may oyida sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni Menni Pakyaoga qarshi jang qilishi mumkinligini aytdi.

"Biz tafsilotlarga aniqlik kirityapmiz. Yaqin kunlarda sana va joyni aniqlanishiga umidvormiz. May oyida Pakyaoga qarshi ringga ko'tarilishim uchun qo'limizdan kelganicha harakat qilamiz. Biz bu to'qnashuv uchun uzoq vaqt ishladik, ayniqsa o'tgan yili. Endi hammasini tugatishga yaqin turibmiz. Men orziqib kutaman. Ajoyib kurash bo'ladi. Bu mening faoliyatim, muxlislar, umuman boks uchun juda yaxshi jang", - deydi Garsiya.

Malumot uchun, 41 yoshli Pakyao sakkiz vazn toifasida jahon chempioni bo'lgan birinchi va hozircha yagona charm qo'lqop ustasi hisoblanadi. U prof boksda jami 71 ta jang o'tkazib, ularning 62 tasida g'alaba qozongan. Ettita jangda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan, yana ikki jang durang bilan yakunlangan.

Avvalroq, filippinlik afsonaning ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor bilan boks qoidalari asosida jang qilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  +1 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar