Musobaqada AQSH, Rossiya, Ukraiina, Italiya, Franciya, Belgiya, CHexiya, Xorvatiya, Buyuk Britaniya, Braziliya, Niderlandiya kabi qirqdan ziyod davlatdan 2005-2007 yillarda tavallud topgan yosh dzyudochilar ishtirok etdi.
Turnirning so'nggi kuni -73 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Muhammadumar Hayitov jamoamizga yana bir bronza medalini taqdim etdi. Bir kun avval O'lmas Gulliev shogirdlaridan Zafarbek O'ktamov (-50 kg) va Sarvarbek Abdualimov (-60 kg) ham Evropa Ochiq chempionatining bronza medalini qo'lga kiritgan edi.