"RMC Sport" xabariga ko'ra, agar mankunianlar "Yuventus" yarim himoyachisi Adrien Rabo bilan kelishuvga erisholmasa, 22 yoshli franciyalik futbolchini sotib olishga harakat qiladi.
Qayd etish joiz, "Borussiya"ning iqtidorli futbolchisiga "Manchester Yunayted"dan tashqari PSJ ham faol qiziqish bildirmoqda. Konening transfer narxi 30 million evroga baholanmoqda.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsum Kuadio Kone "Borussiya" tarkibida Germaniya chempionatida 29 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.