Bosh sahifa
07 apr 13:19 Basketbol

NBA. Dyurantning tripl-dabli "Bruklin"ga "Nyu-York"ni mag'lub etishda yordam berdi va boshqa natijalar

Nyu-Yorkda (AQSH) NBA muntazam chempionatining navbatdagi o'yini nihoyasiga etdi.

Unda, "Nyu-York Niks" "Madison Square Garden" arenasida "Bruklin Nets"ni qabul qildi. Uchrashuvda "Nyu-York" jamoasi 98:110 hisobida mehmonlarga mag'lub bo'ldi.

Mehmonlarning muvaffaqiyatida 32 ochko, 10 ta riband (halqadan qaytgan to'pni egallash) va 11 ta samarali uzatmni amalga oshirgan Kevin Dyurantning hissasi katta bo'ldi. "Nyu-York"da Alek Byorks 24 ochko bilan ajralib turdi. Jeriko Sims dabl-dabl (10 ochko va 13 riband) qayd etdi.

Atlantadagi (AQSH) "State Farm Arena"da o'tkazilgan parallel o'yinda "Atlanta Xoks" "Vashington Uizards"ga qarshi maydonga tushdi. Ushbu bahsda mezbonlar 118:103 hisobida g'alaba qozonishdi.

"Atlanta"ning eng yaxshi basketbolchisi 30 ochko va 11 samarali uzatma bilan Trey Yang bo'ldi. SHuningdek, Danilo Gallinari dabl-dablga erishdi (26 ochko va 10 ribaund). Kristaps Porzingis "Vashington"da 26 ochko va 18 riband bilan eng yaxshi bo'ldi.

"Boston Seltiks" ham "CHikago Bullz"ni mag'lub etdi - 117:94.

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar