Bosh sahifa
15 noy 07:24 Basketbol

NBA'ning amaldagi chempioni mavsumni omadsiz o'tkazmoqda

NBA 2022/2023 yilgi mavsumining navbatdagi turi doirasida bir nechta uchrashuv bo'lib o'tdi.

"Sakramento Kingz" jamoasi o'z uy arenasida NBA'ning amaldagi chempioni "Golden Steyt Uorriorz"ni qabul qildi. Uchrashuv mezbonlarning 122:115 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. SHu tariqa, "Golden Steyt" mavsumdagi 8-mag'lubiyatini qabul qilib oldi. 

Ushbu bahsning eng yaxshi basketbolchsi mehmonlar tarkibidagi Stefen Karri bo'ldi. U o'yin davomida 27 ochko, 6 riband (halqadan qaytgan to'pni egallash) va 4 samarali uzatmani amalga oshirdi. Ammo Karrining ushbu ko'rsatkichi ham jamoaga yordam berolmadi. 

Ayni paytda "Golden Steyt Uorriorz" NBA muntazam chempionati G'arbiy konferenciyasida 13, "Sakramento Kingz" esa 9-o'rinda bormoqda.

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar