Next Gen ATP Finals turnirining guruh bosqich ilk uchrashuvida dunyoning 23-raketkasi bo'lib turgan italiyalik Lorenco Muzetti ATP reytingida 90-pog'onadan joy olgan Xitoy Taypeyi vakili CHun Sin Cenni uch setda ham bir hisobda mag'lubiyatga uchratdi - 4/2, 4/2, 4/2.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Etmish bir daqiqa davom etgan bahsda Muzetti 4 ta eys va shuncha breykni amalga oshirdi.