Bosh sahifa
15 may 08:50 Boks/MMA

Neyt Diaz uchun keyingi raqib sifatida eng yaxshi nomzod aytildi

UFC sobiq jangchisi CHeyl Sonnen Neyt Diaz uchun keyingi raqib sifatida eng yaxshi nomzodni aytdi.

"Agar jang tashkil qilish qilish kerak bo'lsa, bu Neyt Diaz va Makyl CHendler o'rtasida bo'lishi kerakligiga hech qanday shubha yo'q, va sizlar bu borada mening fikrimga qo'shilasizlar, deb o'ylayman. Bu qarama-qarshilik ortida katta olomon turganini jang ustida ishlayotganlar bilishadi. Menda bundan yaxshiroq g'oya yo'q. Hech kim Diazni jangga chorlamayapti, chunki ular bu jangda ahmoqona vaziyatga tushib qolishdan qo'rqishadi. Hech kim CHendlerni jang qilishga chaqirmayapti, sababi ular oyoq zarbasini o'tkazib yuborishdan, yuzlari erga qarashidan qo'rqishadi. SHunday ekan, bu yigitlarni bir-biri bilan jang qildirish kerak. Menimcha, bu eng yaxshi g'oya", - deya CHeyl Sonnenning so'zlarini keltiradi Sportskeeda.

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  +1 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar