Bugun o'g'il bolalar o'rtasida -60, -66, 73 kg, qizlarda esa -48, -52, -57 va -63 kg vazn toifalarida g'olib hamda sovrindorlar aniqlanadi. Bugungi bellashuvlarda O'zbekiston yoshlar terma jamoasining 12 nafar dzyudochisi medallar yo'lida bahslarga kirishgandi. Ulardan 11 nafari kechki final dasturida Osiyo chempionati medallari uchun tatamiga chiqish huquqini qo'lga kiritdi.
Ettita vazndan 6 tasida dzyudochilarimiz oltin medal uchun kurashadi. Final dasturi bizning vaqt bilan soat 15:00da boshlanadi.
Oltin medal uchun final juftliklari:
-52 kg: So'g'diyona Rafkatova – SHen I-Si (Xitoy Taypeyi)
-57 kg: Rayhona Mamatova – SHahin Darjada (Hindiston)
-63 kg: Nigina Saparboeva – Tokas Himanshi (Hindiston)
-60 kg: Samariddin Qo'chqorov – Kayrat Jengissuli (Qozog'iston)
-66 kg: Dilshodbek Hamroev – Li Jun Hyun (Koreya Respublikasi)
-73 kg: Bunyod Safarov – Kim Yong Min (Koreya Respublikasi)
Bronza medallari uchun bahslar:
-48 kg: Ruhshona Alisherova – Jung Su Jin (Koreya Respublikasi)
-48 kg: Sevinch Murodova – Luiza Asakeeva (Qirg'iz Respublikasi)
-57 kg: Mohinur Allaberganova – Son CHae Yong (Koreya Respublikasi)
-60 kg: Asadbek Misirov – Abdulrahman Al Sayari (Saudiya Arabistoni)
-73 kg: Muhriddin Marufov – Amirhosseyn Valizadeh (Eron)