Bosh sahifa
04 apr 14:55 Futbol

Osiyo chempioni Abduqodir Husanov Belarus chempionati 2-tur ramziy terma jamoasida!

"Energetik-BGU" safida o'ynayotgan o'zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov football.by nashri talqiniga ko'ra, 2-tur ramziy terma jamoasidan joy oldi.

O'tgan turda "BGU" BATE mehmoni bo'ldi va 1:1 hisobi qayd etildi. Husanov "studentlar" safida to'liq 90 daqiqa o'ynadi va BATE hujumlarini o'yindan "uzib" qo'ydi.

Belarus jurnalistlari Husanovni "Energetik" himoyasidagi eng muhim figura deb atashmoqda. 2-turda futbolchi buni amalda yana bir bor isbotladi.

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  +1 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar