Bosh sahifa
28 fev 16:16 Sambo

O'zbek sambosi tarixida ilk bora ayollar o'rtasida jangovar sambo bo'yicha chempionat o'tkaziladi

11-14 mart kunlari Buxoro shahrida sambo bo'yicha yoshlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati tashkil etiladi.

Ushbu musobaqa doirasida o'zbek sambosi tarixida ilk bora ayollar o'rtasida jangovar sambo bahslari ham o'tkaziladi. 

Xalqaro sambo federaciyasi tomonidan ayollar o'rtasida ham jangovar sambo yo'nalishiga asos solingan. SHu munosabat bilan Bangkokda o'tkaziladigan yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlarida ayollar o'rtasida ham jangovar sambo yo'nalishida medallar o'ynaladi. 

Mazkur musobaqaga tarkibni shakllantirib olish maqsadida O'zbekiston sambo associaciyasi mazkur yo'nalishda ham musobaqalar o'tkazishni yo'lga qo'ymoqda.

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar