Bosh sahifa
03 noy 14:08 Dzyudo

O'zbekiston chempionatining ikkinchi kun g'olib va sovrindorlari malum (o'g'il bolalar)

Qarshi shahridagi "Geolog" sport majmuasi dzyudo bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatiga mezbonlik qilyapti.

Mamlakat birinchiligida Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan 800 nafarga yaqin 2007-2008 yillarda tug'ilgan o'smir va qizlar 10 tadan vazn toifasida medallar uchun tatamiga chiqishyapti. 

O'zbekiston birinchiligining ikkinchi kuni o'g'il bolalar o'rtasida -50, -55 hamda -60 kg vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi.

Ikkinchi kun qahramonlari: (o'g'il bolalar )

-50 kg vazn toifasi (50 ishtirokchi)

1. Bahrom Asadov (Buxoro)

2. Oybek Ahmedov (Toshkent shahri)

3. Dilshod Karimov (Buxoro)

3. Jahongir Qurbonov (Buxoro)


-55 kg vazn toifasi (56 ishtirokchi) 

1. Xiroj Jo'raqulov (Samarqand)

2. Muhammad Masharipov (Xorazm)

3. Javohir Suyarov (Qashqadaryo)

3. Abdumalik Sattorov (Farg'ona)


-60 kg vazn toifasi (55 ishtirokchi) 

1. Inoyat Telmanov (Toshkent shahri)

2. Boburjon Yo'ldoshev (Toshkent shahri)

3. Xushnubek Boboqulov (Toshkent shahri)

3. Axtam Nizomov (Buxoro)

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar