So’nggi yangiliklar

14:38Шахматчиларимиз “Dole Open–2025” халқаро турнирида иштирок этишади 0 14:17Дзюдочиларимиз Озарбайжон йиғинини якунлашди, энди навбат ёзги Универсиадага! 0 13:56Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ? 0 13:35Бугун супероғир вазн тоифасида мутлақ чемпионлик жанги ўтказилади: Усик – Дюбуа 2 (жанг вақти + трансляция) 0 13:14Рублёв камбэк эвазига 1/2 финалга йўл олди 0 12:53"8-раундда тизза билан ўтириб қолади" - Фьюри Усик - Дюбуа жангига тахмин билдирди 0 12:32"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда 0 12:11Ислам Махачев нима учун Дастин Порьени ютишини истаётганини айтди 0 11:50Александр Усик - Даниэль Дюбуа бокс оқшомининг тўлиқ карди билан танишинг 0 11:29Мэнни Пакьяо, Марио Барриос, Тим Цзю, Себастьян Фундора ва бошқалар тарозига чиқишди 0 11:08"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи 0 10:47Италия Хопман Кубоги финалига чиқди 0 10:26UFC 318 турнири жангчилари тарозига чиқишди 0 10:05Универсиада-2025: Икромова ва Усмонов делегациямизга дастлабки медалларни тақдим этишди 0 09:44Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди + ФОТО 0

19 iyu 17:11
Yangiliklar

Dzyudo

O'zbekiston terma jamoasi jahon chempionati yakkalik bahslaridagi ishtirokini yakunladi

Vengriyaning Budapesht shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatining yakkalik bahslarida so'nggi kungi bellashuvlari davom etmoqda.

Xabar berganimizdek, bugun og'ir vazn (ayollar +78, erkaklar +100 kg) toifasida g'olib va sovrindorlar aniqlanadi. Bugungi bellashuvlarda medal yo'lida so'nggi umidlarimiz bo'lgan Irisxon Qurbonboeva hamda Parij-2024 Olimpiadasi sovrindorlari Muzaffarbek To'raboev va Alisher Yusupov tatamiga chiqdi. 

Afsuski, birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o'tib olgan dzyudochilarimiz ikkinchi davrada mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi. O'tgan yildan eng og'ir vaznga o'tgan Qurbonboeva yaponiyalik raqibasiga imkoniyatnni boy berdi. To'raboev IJF bayrog'i ostida kurashayotgan Inal Tasoevga, Yusupov esa ikki karradan Olimpiada va jahon chempioni, chexiyalik Lukash Krpalekka yutqazdi. Alisherning mag'lubiyati ayniqsa alamli bo'ldi. Ikkita yuko bahsi bilan borayotgan dzyudochimiz hujumga berilib ketishi natijasida alamli mag'lubiyatni qabul qilib oldi. 

SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi jahon chempionatidagi ishtirokini medalsiz yakunladi. So'nggi bor 2018 yilgi jahon chempionatida shunday holat kuzatilgandi. Terma jamoamizda murabbiylar shtabi almashgan, dzyudochilarning aksariyati uchun bu ilk jahon chempionati bo'ldi. Mana shu omillar omadsiz ishtirokimizga sabab bo'ldi. 

Umid qilamizki, ertaga o'tkaziladigan aralash jamoaviy bahslarda terma jamoamiz jahon chempionati medallariga ega chiqadi. Ilk davrada Turkmaniston terma jamoasiga qarshi tatamiga chiqamiz.    

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing