Boks oqshomi doirasida o'zbekistonlik Farrux Jo'raev (6-5-1, 2 KO) qozog'istonlik taniqli bokschi Kamshibek Konkabaevga (4-0, 3 KO) qarshi ringga ko'tarildi.
10 raundga mo'ljallangan jang 2-raundda yakunlandi. Ikkinchi raundda Konkabaev kuchli zarbalar seriyasini uyushtirdi. Bu vaziyatda Jo'raev raqibiga qarshilik qilmadi va hakam jangni to'xtatdi.
SHu tariqa, Konkabaev professional boksdagi beshinchi g'alabasiga erishdi. Jo'raev esa oltinchi mag'lubiyatni qabul qilib oldi.