Bosh sahifa
14 jan 18:19 Qishki sport turlari

O'zbekistonning AQSHdagi elchisi Universiadada qatnashayotgan delegaciyamiz bilan uchrashdi

Nyu-York shtatida joylashgan Leyk-Plesid shahrida Butunjahon qishki Universiada o'yinlari boshlandi.

 Musobaqaning tantanali ochilish marosimidan avval O'zbekistonning AQSHdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Javlon Vaxabov ushbu shaharga tashrif buyurib, delegaciyamiz vakillari bilan ko'rishdi.

Javlon Abdujalolovich hamyurtlarimiz bilan yaqindan suhbatlashib, ularga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. SHuningdek, elchixona vatandoshlarimiz uchun qo'shimcha sharoitlarni yaratishga tayyor ekanini bildirdi va bo'lajak bellashuvlarda sportchilarimizga omad tiladi.

Malumot uchun, O'zbekiston delegaciyasi mazkur musobaqada sportning 3 turida (tog' chang'isi, snoubord, figurali uchish) 13 nafar sportchi bilan ishtirok etmoqda.

Manba : olympic.uz
Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar