13 iyu 12:09
Yangiliklar

Paks Junior European Cup 2025. Bugun 7 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz
Bugun nufuzli musobaqaning ikkinchi kuni ayollar engil, erkaklar esa og'ir vazn toifalarida o'zaro bellashishadi. Bizning vaqt bilan soat 12:00da boshlangan saralash bahslarida terma jamoamizning 7 nafar dzyudochisi tatamiga chiqadi.
Dzyudochilarimizning ilk davradagi raqiblari:
-81 kg: Samariddin Muxibiddinov - Akos Lado (Ruminiya)/Mark Perech (Vengriya)
-90 kg: Azamat Ablakulov - Leonardo Kopat (Italiya)
-100 kg: Muhammadali Zoirov - Franchesko Fiore (Italiya)
+100 kg: Fazliddin Rafiqov - Yanos Balog (Vengriya)
QIZLAR
-48 kg: Sevinch Murodova - Roza Agumava (Germaniya)/Zimri Nesher (Isroil)
-52 kg: Zarina Jamalova - SHarlott Nettesheym (Germaniya)
-57 kg: Rayhona Mamatova - Leoni Vikert (Germaniya)
Fikrlar