Biroq rossiyalik aralash yakkakurash ustasiga bu muddat yoqmagan va taklifga rad javobini bergan. Bu haqda Marlon Vera malum qildi.
“Petr Yan 13 avgust kuni menga qarshi jang qilishdan bosh tortdi", - deb yozib qoldirgan Vera o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Bunga javoban Yan ham o'zining fikrini bildirdi:
"Agar eng zo'rlarga qarshi jang qilishni istasang, sentyabr yoki oktyabrni kut! O'shanda senga qarshi jang qilaman. Agar ikkinchi darajali jangchilarga qarshi oktagonga ko'tarilishni istasang, avgustda jang qilaver", - deb javob bergan Yan.