Bosh sahifa
21 apr 20:27 Futbol

Pogba APLda qolmaydi

Franciyalik yarim himoyachi faoliyatini Tumanli Albiondan tashqarida davom ettiradi.

Xabarga ko'ra, "Manchester Yunayted" xavbeki Pol Pogba faoliyatini Angliyada davom ettirmoqchi emas. Malum bo'lishicha, u yozda "qizil iblislar" safini tark etishga qaror qilgan. U Angliyada qolish variantini ko'rib chiqqani yo'q.

Eslatib o'tamsiz, Pogba 2016 yilda "Yuventus"dan MYUga 100 mln evro evaziga o'tgandi.

29 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda Angliya Premer-ligasida 20 o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi va 9 ta golga assistentlik qildi.

Manba : Sky Sports
Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar