Bosh sahifa
20 may 09:07 Boks/MMA

Pore - Kovington jangining ehtimoliy sanasi

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Daniel Korme Dastin Pore va Kolbi Kovington o'rtasidagi jang 30 iyul kuni bo'lib o'tishi mumkinligini aytdi.

"Rostini aytsam, Dastin bu jangni qabul qilishiga ishonmagandim. Sababi, qog'ozda uning uchun bu dahshatli jang. SHunday emasmi? Ammo, u dahshatning o'zi. Bu to'qnashuv menga zavq beradi! Eshitishimcha, jang 30 iyul kuni bo'lib o'tadi", — deb yozadi Korme o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Dastin Pore UFC 269 turnirida CHarlz Oliveyraga mag'lub bo'lgan edi. Kovington esa so'ngi jangida hamyurti Xorxe Masvidalni hakamlar qarori bilan mag'lub etgandi.

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar