Kecha charm qo'lqop ustamizga navbatdagi jangida kim raqiblik qilishi haqida xabar bergan edik.
Ushbu xabarga Probellum vakili Sem Jons quyidagicha munosabat bildirdi:
"Yigirmadan ziyod og'ir vaznli bokschilar u bilan jang qilishni rad etishdi. Va nihoyat bir raqib chiqdi".
SHunday qilib, Bahodir Jalolov navbatdagi jangini 15 oktyabr kuni Liverpul shahrida argentinalik Ariel Esteban Brakamontega qarshi o'tkazadi.