Quvonarlisi, sablya bo'yicha yoshlar o'rtasidagi bahslarda ishtirok etgan hamyurtimiz Zuhriddin Qodirov musobaqaning bronza medali sohibiga aylandi.
Qayd etish lozimki, Zuhriddin ayni paytda 16 yoshda va 21 yoshgacha bo'lgan sportchilar o'rtasidagi bahslarda sovrindor bo'lishga ulgurdi.
U shu yil aprel oyida Birlashgan Arab Amirligda tashkil etilgan 17 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qo'lga kiritgandi.