"Bu butun qozoq xalqining g'alabasi. Mening orzum - UFC kamarini Qozog'istonga olib kelish. Raqibim Jeff Nil divizionning eng kuchli 10 nafar sportchisi tarkibiga kiradi. Ikkimiz ham charchadik, bir-birimizga kuchli zarbalar berdik. Jang qattiq bo'ldi. Hozir qo'llab-quvvatlovingiz sabab oltinchi o'rindaman. Sovg'alar shart emas, ishlayotgan pulimiz etadi. Agar kimdir istasa, yoshlarni qo'llab-quvvatlasin. Ishlangan pul? Nilga qarshi jangim uchun 200 mingdan ortiq pul oldim", - dedi Rahmonov.