So’nggi yangiliklar

14:38Шахматчиларимиз “Dole Open–2025” халқаро турнирида иштирок этишади 0 14:17Дзюдочиларимиз Озарбайжон йиғинини якунлашди, энди навбат ёзги Универсиадага! 0 13:56Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ? 0 13:35Бугун супероғир вазн тоифасида мутлақ чемпионлик жанги ўтказилади: Усик – Дюбуа 2 (жанг вақти + трансляция) 0 13:14Рублёв камбэк эвазига 1/2 финалга йўл олди 0 12:53"8-раундда тизза билан ўтириб қолади" - Фьюри Усик - Дюбуа жангига тахмин билдирди 0 12:32"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда 0 12:11Ислам Махачев нима учун Дастин Порьени ютишини истаётганини айтди 0 11:50Александр Усик - Даниэль Дюбуа бокс оқшомининг тўлиқ карди билан танишинг 0 11:29Мэнни Пакьяо, Марио Барриос, Тим Цзю, Себастьян Фундора ва бошқалар тарозига чиқишди 0 11:08"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи 0 10:47Италия Хопман Кубоги финалига чиқди 0 10:26UFC 318 турнири жангчилари тарозига чиқишди 0 10:05Универсиада-2025: Икромова ва Усмонов делегациямизга дастлабки медалларни тақдим этишди 0 09:44Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди + ФОТО 0

28 dek 09:29
Yangiliklar

Tokio-2020

Raqamlar gapirganda: Tokio-2020 va Parij-2024 Olimpiadalarida sport turlari uchun ajratilgan kvotalar tahlili

Har bir Olimpiya o'yinlarida barcha sport turlari uchun ajratilgan umumiy licenziyalar, sport turlari, erkak va ayol sportchilar uchun ajratilgan kvotalar soni bir-biridan farq qiladi.

Gender tenglikni taminlash maqsadida erkaklar va ayollar uchun ajratilgan licenziyalarni tenglashtirish yo'lida harakat qilgan Xalqaro Olimpiya qo'mitasi Parij-2024 Olimpiadasida shunday muvozanatga erishdi. Ushbu materialda Tokio-2020 va Parij-2024 Olimpiadalarining licenziyalari o'zaro taqqoslangan holatdagi farqlari haqida hikoya qilamiz.

Umumiy ajratilgan licenziyalar:
Tokio-2020: 11114
Parij-2024: 10500

Kvotalari oshgan sport turlari: Breykdens (+32), Qoyani zabt etish (+28), Skeytbord (+8), syorfing (+4).
Breykdens Parij-2024 dan Olimpiya o'yinlari oilasiga kiritilmoqda. Umumiy hisobda ushbu sport turi uchun 32 ta yo'llanma ajratilgani bois kvotalar kesimidagi ustunlik mazkur sportda.

Qoyani zabt etish
Tokio-2020: 40
Parij-2024: 68

Skeytbord
Tokio-2020: 80
Parij-2024: 88

Syorfing
Tokio-2020: 40
Parij-2024: 44

Kamondan otish, badminton, basketbol, ot sporti, qilichbozlik, futbol, golf, gandbol, chim ustida xokkey, zamonaviy beshkurash, regbi, stol tennisi, taekvondo, tennis, voleybol, sport kurashlari, triatlon kabi sport turlarida har ikki Olimpiadalar orasidagi kvotalar soni o'zgarmagan. O'rinlar avval qancha taqdim etilgan bo'lsa, Parijda ham shunday qoladi.

Biroq, ushbu sport turlarida kvotalar pasaytirilmoqda: gimnastika (-6), baydarka va kanoeda eshkak eshish (-12), dzyudo va velosport (-14), elkanli va o'q otish sportlari (-20), akademik eshkak eshish (-24), boks (-34), suv sporti turlari (-62), og'ir atletika (-76), engil atletika (-90). Tokio Olimpiadasida debyut qilgan karate va beysbol turlari Parij-2024 dasturidan olib tashlandi. Qolgan sport turlarida ikki Olimpiadalardagi kvotalar o'rtasidagi farq esa quyidagicha:

Gimnastika
Tokio-2020: 324
Parij-2024: 318

Baydarka va kanoeda eshkak eshish
Tokio-2020: 330
Parij-2024: 318

Velosport
Tokio-2020: 528
Parij-2024: 514

Dzyudo
Tokio-2020: 386
Parij-2024: 372

Elkanli sport
Tokio-2020: 350
Parij-2024: 330

O'q otish sporti
Tokio-2020: 360
Parij-2024: 340

Akademik eshkak eshish
Tokio-2020: 526
Parij-2024: 502

Boks
Tokio-2020: 286
Parij-2024: 252

Suv sporti turlari
Tokio-2020: 1432
Parij-2024: 1370

Og'ir atletika
Tokio-2020: 196
Parij-2024: 120

Engil atletika
Tokio-2020: 1900
Parij-2024: 1810

Reyting:    

Fikrlar

   
28 dek 11:51:41
SHaxrihon
Асосий биз медалга умид киладиган спорт турларига урин камайиб кетибдику. Яна канака спорт турларига кушишмокда. Ундан курашни кушсин. Биз хам Бир мазза килар Эдик.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing