So’nggi yangiliklar

15:20"Реал" мухлислари учун хушхабар 0 14:59Турки Ал аш-Шейх Канело-Кроуфорд оқшомида 20 та жанг ўтказмоқчи 0 14:38Шахматчиларимиз “Dole Open–2025” халқаро турнирида иштирок этишади 0 14:17Дзюдочиларимиз Озарбайжон йиғинини якунлашди, энди навбат ёзги Универсиадага! 0 13:56Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ? 0 13:35Бугун супероғир вазн тоифасида мутлақ чемпионлик жанги ўтказилади: Усик – Дюбуа 2 (жанг вақти + трансляция) 0 13:14Рублёв камбэк эвазига 1/2 финалга йўл олди 0 12:53"8-раундда тизза билан ўтириб қолади" - Фьюри Усик - Дюбуа жангига тахмин билдирди 0 12:32"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда 0 12:11Ислам Махачев нима учун Дастин Порьени ютишини истаётганини айтди 0 11:50Александр Усик - Даниэль Дюбуа бокс оқшомининг тўлиқ карди билан танишинг 0 11:29Мэнни Пакьяо, Марио Барриос, Тим Цзю, Себастьян Фундора ва бошқалар тарозига чиқишди 0 11:08"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи 0 10:47Италия Хопман Кубоги финалига чиқди 0 10:26UFC 318 турнири жангчилари тарозига чиқишди 0

17 iyu 11:11
Yangiliklar

Futbol

"Real" o'zining eng qimmat futbolchilaridan biri bilan xayrlashishga tayyor

Teglar :  Real
Bu haqda Ispaniyaning mashhur AS nashri xabar bermoqda.

Madridning "Real" klubi joriy yozda jamoa safini tark etishi mumkin bo'lgan avstriyalik himoyachi David Alaba bilan xayrlashish niyatida. 

Manba malumotiga ko'ra, klub bu qaror orqali maosh fondini qisqartirish va moliyaviy zaxiralarni bo'shatishni maqsad qilgan. Ammo Alabaning o'zi klubni tark etish niyatida emas — u 2026 yil 30 iyungacha mo'ljallangan shartnomasini oxirigacha bajarib, kelasi yozda bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga yaxshi sport formasida etib borishni xohlamoqda.

Futbolchining kelajagiga doir yakuniy qaror uning sog'ligi va tiklanish jarayoniga bog'liq bo'ladi. Malumotlarga ko'ra, iyun oxirida olingan chap oyoq orqa mushakdagi jarohat tufayli Alaba kamida bir oy maydondan chetda qolishi mumkin.

Ayni vaqtda Alaba Evropadagi eng ko'p maosh oluvchi himoyachilardan biri hisoblanadi — u haftasiga 415 ming evro (€1,88 mln oylik, soliqlardan avval yillik €22,6 mln) maosh oladi. Madrid klubida bu ko'rsatkich bo'yicha undan faqat Kilian Mbappe va Vinisius Junior yuqorida turishadi.

Eslatib o'tamiz, 2023 yil dekabridan 2025 yil yanvarigacha Alaba tizzasidagi kesishgan bog'lam jarohati ortidan tiklanish bilan mashg'ul bo'ldi. 2024 yil fevralda u yon mushagidan jarohat oldi, aprelda esa meniskdagi shikast tufayli yana maydondan chetlashdi. O'tgan mavsumda Alaba barcha musobaqalarda atigi 14 ta o'yinda qatnashdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing